Kuni kecha Andijon davlat universiteti psixologi Otabek Muxtarov tomonidan "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan “Talaba — yurt kelajagi” shiori ostida “Talabalarda psixologik bilimdonlikni rivojlantirish” hamda “Talabalarning istiqbolli maqsadlarga erishish motivatsiyasi” mavzularida psixologik trening o‘tkazildi.

Mashg'ulot davomida tajribali psixolog tomonidan istiqbolli maqsadlarga erishish yo‘lida samarali va aniq rejalar tuzish, shuningdek, talabalarga yaratilgan keng imkoniyatlardan oqilona foydalanish bo‘yicha eksklyuziv mashg‘ulotlar olib borildi. 

Mashg‘ulot yakunida tashkilotchilar tomonidan g‘olib talaba “Rektor kubogi” bilan, faol ishtirok etgan talabalar esa maxsus sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Aytish joizki, o‘tkazilgan treninglar talabalarda psixologik uyg‘unlikni shakllantirish, o‘z imkoniyatlari va salohiyatiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, shuningdek, maqsad sari motivatsiya bilan intilishlariga samarali xizmat qiladi.