Bugun, 18-noyabr kuni Andijon davlat universitetida oliy ta’limdan keyingi ta’lim — tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) ga hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlarining ikkinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda.


Kirish imtihonlari va suhbatlarda talabgorlarning hujjat topshirgan ixtisosliklari bo‘yicha bilim darajasi sinovdan o‘tkazilmoqda. Suhbatni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor boshchiligidagi malakali komissiya a’zolari olib bormoqda, jarayon davomida talabalar bilim va ko‘nikmalari adolatli va shaffof tarzda baholanmoqda.


Eslatib o'tamiz, imtihonlarning ochiq va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida jarayonlar mas’ullar boshchiligida kamera nazorati ostida o‘tkazilmoqda hamda ularni taqdim etilgan havola orqali bevosita kuzatish imkoniyati yaratilgan. HAVOLA