Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon davlat universiteti
uz
ADUda “Bayrogʻimiz – faxrimiz, gʻururimiz!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
    105

Respublika bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining qabul qilinganligining 34 yilligiga bag‘ishlangan turli tadbirlar keng ko‘lamda va tantanali tarzda nishonlanmoqda.



Shu munosabat bilan Andijon davlat universitetida Filologiya fakulteti xorijiy tillar kafedrasi dotsenti E’zozaxon Mamajonova va Mexrinoza Aliyevaning tashabbusi bilan iqtidorli talabalar ishtirokida “Bayrog‘imiz – faxrimiz, g‘ururimiz!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.



Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Marosim davomida so‘z olgan ma’ruzachilar bayroqning tarixiy ahamiyati, yoshlarni milliy qadriyatlarimizni hurmat qilishi va bayrog‘imizni ulug‘lashi, shuningdek, milliy ramz sifatidagi nufuziga doir qimmatli ma’lumotlar bilan ishtirokchilarni tanishtirdi.



Tadbir davomida iqtidorli talabalar yurtga bo‘lgan sevgi va sadoqatni ifoda etuvchi madhiy kuy-qo‘shiqlar, she’rlar va adabiy chiqishlar ijro etishdi, tadbir yakunida esa faol va tashabbuskor yoshlar universitet rahbariyatining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Manzilimiz
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.