Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon davlat universiteti
uz
Mirzabahrom Botirov “Oliy ta'lim a'lochisi” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi!
    21

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan, oliy taʼlim sohasida vijdonan faoliyat olib borib, yosh avlodning sifatli taʼlim olishida fidokorona mehnat qilayotgan, tizim rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Mirzabahrom Botirov “Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Mirzabahrom Botirov o‘zining kasaba uyushmasi sohasidagi faoliyati davomida xodimlar va talabalar manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy huquqiy madaniyatni rivojlantirish hamda adolat va halollik mezonlariga sodiq holda samarali xizmat ko‘rsatishda sezilarli hissa qo‘shmoqda. U nafaqat universitetdagi kasaba uyushmasi ishlarini muvaffaqiyatli boshqarishda, balki yosh xodimlar va talabalar huquqiy bilimlarini oshirishda ham katta mehnat qilmoqda.

Ustozni ushbu yuksak e’tirof bilan universitet jamoasi nomidan samimiy qutlaymiz va kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar, yuksak muvaffaqiyatlar va barqaror yutuqlar tilaymiz!


Manzilimiz
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.