Mamlakatimizda kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik tarixi munosabati bilan joriy etilgan faxriy mukofot sifatida, mehnat sohasida uzoq yillar davomida samarali faoliyat yuritgan, xodimlar manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlash hamda kasaba uyushma tizimini rivojlantirishda alohida hissa qo‘shgan Geografiya va geoaxborot tizimlari kafedrasi professori, jamoatchilik kengashi raisi va geograf olim Mo‘minjon Mamajonov “O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi” esdalik koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Universitet jamoasi nomidan ustozni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy qutlaymiz, unga kelgusidagi faoliyatida ulkan zafarlar, yuksak muvaffaqiyatlar, ilmiy va pedagogik ishlarida barqaror yutuqlar hamda yosh avlodga o‘rnak bo‘ladigan fidokorona mehnat tilaymiz. Ustozning mas’uliyatli va samarali faoliyati universitetimiz jamoasi uchun doimo faxr manbai bo‘lib xizmat qiladi.