Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon davlat universiteti
uz
Andijon davlat universitetida O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi
    29

Bugun, 5-noyabr kuni, Andijon davlat universitetida 11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni hamda “O‘zbekiston kasaba uyushmalari – 120 yil xalq bilan” g‘oyasi asosida o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekistonning yangi kasaba uyushmalari o‘n kunligi” doirasida professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar uchun elimiz suygan san’atkor Muxsimbek Mo‘minov ishtirokida yulduzli kecha tashkil etildi.

Tantanali bayram tadbirining ochilishida so‘z olgan universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev O‘zbekiston kasaba uyushmalari tashkil etilishining 120 yilligi, ularning mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi muhim roli va mehnatkashlar manfaatlarini himoya qilishdagi ahamiyati haqida to‘xtaldi. Shuningdek, rektor yangi O‘zbekiston taraqqiyotidagi zamonaviy siyosiy va ijtimoiy yo‘nalishlar, kasaba uyushmalari faoliyatining ishchi-xodimlar hayotini yaxshilashga qaratilgani va mehnat samaradorligini oshirishdagi ahamiyati haqida ham so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng, elimiz suygan san’atkor Muxsimbek Mo‘minov ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar bilan bezatilgan bayramona konsert dasturi boshlandi, unda san’atkorning jo‘shqin chiqishlari, yurakdan chiqqan so‘zlari va samimiy ijrolari professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlarning qalbida chuqur iz qoldirib, barchaga quvonch, yuqori kayfiyat va bayramona ruh bag‘ishladi.

Tadbir davomida O‘zbekiston kasaba uyushmalari tashkil etilishining 120 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan sport musobaqalarida faxrli o‘rinlarni egallagan jamoalar universitet rektori tomonidan diplom hamda xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Andijon davlat universiteti jamoasi bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali xodimlar va o‘qituvchilarning kayfiyatini ko‘tarish, ularning mehnatini qadrlashga xizmat qiluvchi an’analarni davom ettirmoqda.

 


Manzilimiz
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.