Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon davlat universiteti
uz
ADUda “Yurtim qadriyatlari” tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi
    43

Bugun, 29-oktyabr kuni Andijon davlat universitetida yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ijtimoiy-axloqiy, madaniy hamda ma’naviy an’analarimiz bilan yaqindan tanishtirish, talabalarda tarixiy tafakkur va milliy ongni yuksaltirish maqsadida “Yurtim qadriyatlari” respublika ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovda universitetning turli fakultetlaridan saralangan 6 ta jamoa “Milliy an’ana, qadriyat va urf-odatlar”, “Kompozitsion musiqiy chiqishlar” hamda “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Jamoalar o‘z chiqishlarida xalqimizning boy madaniy merosi, qadimiy urf-odatlari va ajdodlarimizdan meros bo‘lgan ezgu qadriyatlarni badiiy tarzda ifoda etib, quyidagi natijalarni egalladi:

1️⃣-o‘rinni — Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti jamoasi:
2️⃣-o‘rinni — Huquq-iqtisod fakulteti jamoasi;
3️⃣-o‘rinni — Kimyo va biologiya fakulteti jamoasi egalladi.

Tanlov g‘olib va sovrindorlarini chin dildan tabriklab, ularga keyingi bosqichlarda ham yuksak muvaffaqiyatlar, omad va zafarlar tilaymiz.


Manzilimiz
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.