Respublikamiz oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlar orasida kriptologiya sohasiga qiziqishi yuqori, iqtidorli va qobiliyatli talabalarni aniqlash, ularning ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Kriptologiya fani bo‘yicha respublika fan olimpiadasi o‘tkazilmoqda


Bugun, 30-oktyabr kuni Andijon davlat universitetida Fizika-matematika va IT hamda Huquq va iqtisod fakultetlarining 30 nafar iqtidorli talabalari ishtirokida Kriptologiya fani bo‘yicha respublika fan olimpiadasining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.


Mazkur imtihon jarayonida talabalar kriptologiya faniga oid nazariy bilimlarini amaliy misollar orqali namoyish etib, mantiqiy fikrlash, tahliliy yondashuv hamda murakkab masalalarni yechish bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.