Bugun, 28-oktyabr kuni Andijon shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi musiqali drama teatrida Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri ijodkorlari tomonidan buyuk yozuvchi Chingiz Aytmatov asari asosida sahnalashtirilgan “Qorako‘z” nomli spektakl namoyish etildi.




Tomosha jarayonida Andijon davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari Chingiz Aytmatov asarida ifodalangan insoniy tuyg‘ular, sahna ijodkorlarining mahorati hamda musiqiy drama san’atining betakror jozibasidan ruhiy zavq olishdi.



Teatr asarida ifodasini topgan muhabbat va sadoqat, ezgulik va sabr kabi umuminsoniy qadriyatlar tomoshabinlarda chuqur taassurot uyg‘otib, ularning san’atga, ayniqsa sahna ijodiga bo‘lgan mehr-muhabbatini yanada mustahkamladi.