Andijon davlat universiteti rahbariyati va Amaliy matematika kafedrasi bilan hamkorlikda viloyatdagi umumta’lim maktablarida dual ta’lim tizimini keng joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha amaliy ishlar tizimli ravishda olib borilmoqda.

Mazkur tashabbus doirasida Amaliy matematika kafedrasi professor-o‘qituvchilari A. Axlimirzayev va M. Mamadjanovalar tomonidan Prezident agentligiga qarashli ixtisoslashgan maktab hamda Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktablarda talabalarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ish tajribasini oshirish hamda nazariy bilimlarini yanada mustahkamlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.


Mashg‘ulot davomida joylarda dars mashg‘ulotlarini o‘tayotgan talabalarga amaliyotda va kasbiy faoliyatda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan zarur tavsiyalar hamda foydali maslahatlar berildi, ular nazariy bilimlarni mustahkamlash va kasbiy ko‘nikmalarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.