Andijon viloyati Madaniyat boshqarmasining “Ijod maskani” turkum tadbirlari doirasida Andijon davlat universiteti Musiqa ta’limi kafedrasi dotsenti Qamariddin Nuriddinov Marhamat tumanidagi 26-son Bolalar musiqa va san’at maktabida ijodiy uchrashuv va mahorat darsi o‘tkazdi.


Ustoz tomonidan olib borilgan mashg‘ulotda ishtirokchilarga musiqa san’atining zamonaviy yo‘nalishlari, ijro madaniyati hamda o‘quvchilar bilan samarali ishlash uslublari haqida batafsil ma’lumotlar yetkazildi.Tadbir davomida talaba va maktab o‘qituvchilari uchun amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, ularning kasbiy mahoratini oshirish bo‘yicha aniq va foydali tavsiyalar berildi.


Mazkur uchrashuv BMSM hamda ADU o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi ijrosini ta’minlash, o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashish, ijodiy fikrlashni kengaytirish va kasbiy salohiyatni yanada rivojlantirishga xizmat qildi.