Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon davlat universiteti
uz
Andijon davlat universiteti jamoasi eko-aksiyada faol ishtirok etmoqda
    49

Mamlakatimizning barcha hududlarida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida “Hayot uchun joy ajrating” shiori ostida ommaviy plogging eko-aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Bugun, 23-oktyabr kuni Andijon davlat universitetida rektor Baxtiyorjon Akbaraliyev tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar, eko-faollar hamda ko'ngilli talaba-yoshlar ishtirokida hududlarni chiqindilardan tozalash bo‘yicha ommaviy eko-aksiya tashkil etildi.

Jarayon davomida ishtirokchilar universitet hududi bo‘ylab har tomonlama chiqindilarni yig‘ib, atrof-muhitni asrashga munosib hissa qo‘shdilar va hududni yanada ozoda, sifatli hamda qulay makonga aylantirdilar.

Mazkur ezgu tashabbuslar kelgusida ham davom ettirilishi rejalashtirilgan.


Manzilimiz
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.