Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon davlat universiteti
uz
Rektor bitiruvchilar bilan muloqotda: Yangi avlod mutaxassislariga ishonch va ko‘mak
    148

Bugun, 14-oktyabr kuni Andijon davlat universitetida rektor Baxtiyorjon Akbaraliyev talabalarning oliygohda egallagan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustaqil hayotda samarali qo‘llashga tayyorlash, ularni kasbiy faoliyatga yo‘naltirish, mehnat bozoridagi o‘rni va mas’uliyatini chuqur anglashlariga ko‘maklashish maqsadida Fizika-matematika va IT hamda Kimyo va biologiya fakulteti bitiruvchlari bilan uchrashib, ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda rektor mamlakatimizda ta’lim tizimini takomillashtirish, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish yo‘lida yurtboshimiz tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, bu jarayonda yoshlarning zamonaviy bilim olishlari, ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari hamda raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanishlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyat va imtiyozlar haqida so‘z yuritdi.

Ochiq muloqot davomida oliygoh rahbari bitiruvchilarning dolzarb masalalarga oid fikr va takliflarini tinglab, ularning ishlash hamda ishga joylashish jarayonida uchrayotgan muammolarini o‘rgandi, zarur hollarda ularni doimo qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi hamda har bir yosh mutaxassis o‘z ustida muntazam ishlashi, bilim va malakasini doimiy ravishda oshirib borishi zarurligini alohida qayd etdi.


Manzilimiz
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.