Andijon davlat universitetida talabalarning darsdan tashqari bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy salohiyati va kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish maqsadida bir qator tizimli to‘garaklar yo‘lga qo‘yilgan.

Bugun, 13-oktyabr kuni Andijon davlat universitetining Fizika-matematika va IT fakultetida talabalarning faolligini oshirish, fanlarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish maqsadida tajribali professor Abdulhakim Xakimov tomonidan “Kreativ fizika” nomli to‘garak mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlar davomida talabalar fizika fanining dolzarb yo‘nalishlariga oid nazariy bilimlarini amaliy tajribalar orqali mustahkamlash, fundamental qonuniyatlarning real hayotdagi qo‘llanilishi bilan yaqindan tanishish, shuningdek, zamonaviy fizikaning innovatsion yondashuvlari haqida fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.