Bugun, 9-oktyabr kuni Andijon davlat universitetida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda ommaviy sport turlarini rivojlantirish maqsadida Kimyo va biologiya fakulteti talabalari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mini-futbol bo‘yicha “Dekan kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada fakultetning yetakchi jamoalari g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashib, jonli va murosasiz bahslar olib bordi. Turnir yakunida g‘olib jamoa keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Mazkur sport tadbiri talabalarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy va intellektual salohiyatlarini rivojlantirishga xizmat qilishi bilan birga, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.