Joriy yilning 10-oktyabr kuni Andijon davlat universitetida universitet psixologi tomonidan kechki ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va psixologik ongini rivojlantirishga qaratilgan psixologik trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida “Universitet qoidalariga rioya qilish”, “Milliy iftixor”, “Moslashuvchanlik va refleksiv rivojlanish”, “Kiyinish madaniyati” hamda “Pozitiv kayfiyatni mustahkamlash” kabi mavzularda interaktiv tarzda mashg‘ulotlar olib borilib, talabalar o‘zaro muloqot qilish, universitet muhitiga tezroq moslashish va ijobiy psixologik holatni saqlash ko‘nikmalarini rivojlantirdilar.
Trening ishtirokchilari o‘zaro fikr almashib, universitet hayotiga faol integratsiyalashish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda madaniy xulq-atvor me’yorlariga rioya etish borasida muhim tavsiyalar oldilar.