Bugun, 19-sentyabr kuni Andijon davlat universitetida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Andijon davlat universiteti boshlangʻich tashkiloti tomonidan talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, madaniy hordiq olishlarini taʼminlash maqsadida Talabalar turar joylari va ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talabalar uchun “Kino kechasi” oʻtkazildi.
“Kino time” loyihasi doirasida yosh ijodkorlar tomonidan suratga olingan, dolzarb ijtimoiy mavzularni o‘zida aks ettirgan “Kurash – hayot davom etadi” nomli film namoyish etildi. Ushbu film nafaqat talabalarning dam olishiga xizmat qildi, balki ularni fikrlashga chorlaydigan, ma’naviy jihatdan boyitadigan va dunyoqarashini kengaytiradigan mazmunli asar sifatida yuqori baholandi.