Bugun, 20-sentyabr kuni erta tongdan Andijon davlat universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish maqsadida tonggi badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Ushbu mashg‘ulotlar malakali va tajribali ustozlar tomonidan olib borilib, ishtirokchilarga sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida atroflicha tushuntirishlar berildi. Jismoniy mashqlar ko‘tarinki kayfiyatda, jamoaviy ruhda amalga oshirildi.