Bugun, 29-sentyabr kuni Andijon davlat universitetida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ommaviy sport turlarini rivojlantirish maqsadida Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “Dekan kubogi” musobaqasi boshlandi.
Murosasiz kechayotgan mazkur musobaqada fakultetning jami 13 ta jamoasi ikki kun davomida o‘z jismoniy tayyorgarligi, epchilligi va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyon etgan holda o‘zaro kuch sinashadi, bu esa talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qilmoqda.