Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon davlat universiteti
uz
Andijon davlat universiteti talabalari bilan “Shon-sharaf” muzeyiga sayohat
    15

Talabalarni vatanparvarlik, inson huquqlariga hurmat, demokratiya va qonun ustuvorligi kabi muhim g‘oyalar ruhida tarbiyalash maqsadida bugun, 23-sentyabr kuni Andijon davlat universiteti Fizika-matematika va IT fakulteti talabalari tyutorlar boshchiligida Andijon viloyati ichki ishlar tuzilmasi tarkibidagi “Shon-sharaf” muzeyiga tashrif buyurdilar.

Ekskursiya davomida muzey xodimlari ichki ishlar organlarining tarixiy rivojlanishi, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar hamda xizmat tizimini modernizatsiyalash, huquqiy asoslarni mustahkamlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar haqida ma’lumot berishdi. Shuningdek, xodimlarning fidokorona xizmatlari, jasorati va mamlakat tinchligi hamda huquqiy ustuvorlikni ta’minlashdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.

Bu tashrif talabalarda vatanparvarlik hissini oshirib, qonun va adolat qadriyatlarini chuqur tushunishga xizmat qildi. Muzey yoshlarda ilhomlantiruvchi maskan sifatida taassurot qoldirdi.


Manzilimiz
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.