Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon davlat universiteti
uz
Qadriyatlarimiz — kelajak avlod uchun! “Xon atlas oyligi“ doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir
    13

Andijon davlat universitetida talaba-yoshlar oʻrtasida milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlash, o‘zbek adabiyoti va san’atida atlas timsolining o‘rnini chuqur anglash hamda media orqali milliy qadriyatlarni yoritish maqsadida “Xon atlas oyligi“ doirasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Filologiya fakulteti tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbirda fakultet professor-o‘qituvchilari, tyutorlar hamda talaba-qizlar ishtirokida kuy-qo‘shiqlar sadosi ostida milliy liboslar namoyish etildi. Tadbir davomida atlas matosining nafisligi, betakror jozibasi hamda milliy kiyimlarimizdagi o‘rni keng yoritilib, ishtirokchilarda milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmat va e’tibor yanada mustahkamlandi.


Manzilimiz
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.