Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon davlat universiteti
uz
ADU va Akademik litsey o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan davra suhbati
    12

Bugun, 19-sentyabr kuni Andijon davlat universiteti va Akademik litsey o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, ikki tomonlama do‘stona aloqalarni kengaytirish hamda ta’lim jarayonida samaradorlikni oshirish maqsadida mazmunli davra suhbati tashkil etildi.

Uchrashuvda tashkilotchilar “Yoshlarni kasbga yo‘naltirish masalalari” bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirib, ta’lim jarayonini takomillashtirish, yo‘nalish fanlariga oid milliy sertifikatlarning ahamiyati hamda kasb tanlashning dolzarb jihatlari yuzasidan batafsil tavsiyalarni taqdim etib, talabalar bilan samarali va qizg‘in muloqot olib bordilar.

Uchrashuv nafaqat yoshlarni kasbga yo‘naltirish masalalarini muhokama qilish, balki ta’lim jarayonlarini takomillashtirish, oliy ta’limga tayyorgarlikning dolzarb jihatlarini atroflicha yoritish hamda talabalarning intellektual va kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.


Manzilimiz
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.