Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon davlat universiteti
uz
Andijon davlat universitetida raqamli ta'lim va IT-kadrlar tayyorlashga qaratilgan seminar tashkil etildi
    13

Bugun, 18-sentyabr kuni Andijon davlat universitetida “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida raqamli savodxonlikni oshirish, IT-sohasida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni chuqurlashtirish maqsadida Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazining tajribali mutaxassislari ishtirokida IT yo‘nalishiga qiziquvchi talabalar uchun o‘quv-amaliy seminar bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida malakali ustozlar va soha mutaxassislari tomonidan my.gov.uz portali orqali davlat xizmatlaridan samarali foydalanish tartibi, “Bir million dasturchi” loyihasining imkoniyatlari, shuningdek, “Coursera” onlayn ta’lim platformasi orqali raqamli texnologiyalar, dasturlash va boshqa zamonaviy IT yo‘nalishlari bo‘yicha chuqur bilimlarni egallash usullari batafsil tushuntirildi. 

Seminar raqamli ta’limni keng joriy etish, yoshlar orasida IT-sohasiga qiziqishni oshirish hamda raqobatbardosh, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega kadrlarni tayyorlash yo‘lida muhim amaliy bosqich bo‘lib xizmat qildi.


Manzilimiz
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.