Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon davlat universiteti
uz
Andijon davlat universitetida intellektual mulk va patentlash masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi
    97

Bugun, 29-sentyabr kuni Andijon davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi vakillari hamkorligida talabalar va ilmiy xodimlarning intellektual mulk sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida “Patent axborot qidiruviga oid tavsiyalar” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.

Seminar avvalida Andijon davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Iqboljon Karimjanov so‘zga chiqib, Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi tomonidan mintaqaviy brendlarni shakllantirish, intellektual mulk obyektlarini, jumladan, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari va mualliflik huquqlarini huquqiy muhofaza qilish borasida olib borilayotgan ishlar, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi tashabbuslar va istiqboldagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng, “Intellektual mulk markazi” mas’ullari S.Raxmanov va I.Abdukadirov so‘zga chiqib, mintaqaviy brendlarni shakllantirish, intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish, ularning tijorat salohiyatini oshirish, patent olish tartibi va ustuvorlik masalalari, shuningdek, innovatsion faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil ma’lumot taqdim etdilar.

Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan atroflicha javob oldilar. Tadbir soha bo‘yicha amaliy bilimlarni boyitish va ilmiy-innovatsion faoliyatga intellektual mulk yondashuvlarini keng tatbiq etish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.


Manzilimiz
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.