Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon davlat universiteti
uz
Andijon davlat universitetida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi o'tkazildi
    13

Andijon davlat universitetida uchinchi va bitiruvchi bosqich talabalari auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlab, o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha tajriba orttirishi hamda ta’lim jarayonini real bozor ehtiyojlariga moslashtirish yo‘lida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Bugun Andijon davlat universitetida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida rektor Baxtiyorjon Akbaraliyev uchinchi va to‘rtinchi bosqich talabalari bilan uchrashib, dual ta’lim tizimining afzalliklari, nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda bitiruvchilarning bandligini ta’minlash masalalari yuzasida ochiq muloqot o‘tkazdi.

Dastlab, rektor Baxtiyorjon Akbaraliyev mamlakatimizda ta’lim sohasida, xususan, dual ta’limni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berib, talabalardan ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda mustahkamlash hamda raqobatbardosh mutaxassislar sifatida shakllanishlari zarurligini alohida ta’kidladi.

Uchrashuv doirasida talabalarning amaliyot jarayonini samarali tashkil etish, kelgusida ishga joylashish imkoniyatlari hamda mutaxassisliklari bo‘yicha o‘zlarini yanada takomillashtirishga oid fikr-mulohaza va takliflari tinglanib, ular atroflicha muhokama qilindi hamda mavjud muammolarga yechim topish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur uchrashuv talabalar uchun nafaqat nazariy bilim va amaliyotni uyg‘unlashtirish jarayonini chuqurroq anglash, balki o‘z kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish, mehnat bozorida munosib o‘rin egallash va kelajakda raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanishlariga xizmat qildi.


Manzilimiz
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.