Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon davlat universiteti
uz
Talabalar yashash sharoitlarini yaxshilash va jinoyatchilikni oldini olishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
    126

Bugun, 3-oktyabr kuni Andijon davlat universitetida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Talantbek Madumarov rahbarligida dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari ishtirokida talabalar turar joylari va ijara xonadonlarda istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish, jinoyatchilikni oldini olish hamda universitet ichki tartib-qoidalariga rioya etilishini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishda odob-axloq kodeksi, universitet ichki tartib-qoidalari, huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari va ularning oldini olish yo‘llari yuzasidan atroflicha ma’lumot berilib, yoshlarning ma’naviy kamoloti, sog‘lom muhitni mustahkamlash va ijtimoiy mas’uliyatni oshirish zarurligi ta’kidlandi hamda ishtirokchilarning taklif va mulohazalari tinglanib, universitet jamoasida intizomni kuchaytirish, talabalarda huquqiy ongni yuksaltirish va odob-axloq me’yorlarini hayotga izchil tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Manzilimiz
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.