Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon davlat universiteti
uz
Malayziyaning Terengganu universiteti professor-o‘qituvchilari universitet rektori bilan uchrashdi
    110

Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev o‘qituvchilar almashinuvi dasturi doirasida universitetning Fizika-matematika va IT fakultetida bilim va tajriba almashayotgan Malayziyaning Terengganu universiteti professor-o‘qituvchilari Zuriana Abu Bakar hamda Wiwied Virgiyantilar bilan uchrashib, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashinuvi va qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan ochiq muloqot olib bordi.

Muloqot davomida tomonlar ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini tizimli yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish hamda ta’lim jarayoniga zamonaviy innovatsion yondashuvlarni tatbiq etishga qaratilgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.

Mehmonlar Andijon davlat universitetida professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun yaratilgan qulay ta’lim va ilmiy muhit, zamonaviy infratuzilma hamda yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlardan chuqur taassurot olganliklarini bildirar ekanlar, bu kabi ilg‘or yondashuvlar xalqaro ilmiy-akademik hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhim omil ekanini alohida ta’kidladilar.


Manzilimiz
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.