Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon davlat universiteti
uz
Yakuniy davlat attestatsiya sinovlarini muvaffaqiyatli topshirolmagan 2025-yil bitiruvchilari diqqatiga!
    47

Andijon davlat universitetida 2025-yil yakuniy davlat attestatsiya test sinovlarida turli sabablarga ko‘ra ishtirok etmagan, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan, shuningdek, to‘lov-shartnoma bo‘yicha qarzdorligi mavjud bo‘lgan kunduzgi va sirtqi ta’lim shaklidagi bakalavriat yo‘nalishlari bitiruvchilari uchun qayta attestatsiya imtihonlarini o‘tkazish belgilandi.

Eslatma: Mazkur toifadagi talabalar yakuniy attestatsiya sinovida ishtirok etishlari uchun Andijon davlat universiteti rektori nomiga ariza bilan murojaat etishlari so‘raladi. Arizalar 2025-yil 30-sentyabr sanasiga qadar tahsil olgan fakultet dekanati mas’ul xodimlariga topshirilishi lozim.

Yakuniy davlat attestatsiya sinovlarida ishtirok etmoqchi bo‘lgan mazkur toifadagi talabalar uchun imtihonlar 2025-yil 18-oktyabrda YOZMA SHAKLDA o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bino, auditoriya va vaqt haqida ma’lumotlar yaqin kunlarda Andijon davlat universitetining rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlari orqali e’lon qilinadi, talabalardan esa ushbu manbalarni diqqat bilan kuzatib borishlari so‘raladi.

Imtihon sinovlari yozma shaklda o‘tkazilishi inobatga olib, quyidagi mezon asosida baholanadi: havola

Majburiy fanlar bo‘yicha savollar banki hamda yakuniy davlat attestatsiya dasturi ta’lim yo‘nalishlari kesimida ishlab chiqilgan. Imtihonlar aynan ushbu hujjatlar asosida o‘tkaziladi:
Ekologiya va atrof muhit muhofazasi;
Amaliy matematika;
Amaliy psixologiya;
Filologiya va tillarni o’qitish: o’zbek tili;
Arxivshunoslik;
Kimyo;
Biologiya;
Boshlang‘ich ta‘lim;
Maktabgacha ta‘lim;
Geografiya;
Kompyuter injiniringi;
Kompyuter injiniringi: AT-servis;
Matematika;
Matematika va informatika;
Mexanika va matematik modellashtirish;
Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish;
Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi;
Musiqa ta’limi;
Pedagogika va psixologiya;
Jismoniy madaniyat;
Sport faoliyati: boks;
Sport faoliyati: futbol;
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
Tarix;
Texnologik ta’lim;
Turizm.


Manzilimiz
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.