Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon davlat universiteti
uz
“Prokuror va yoshlar” uchrashuvi: yoshlarning muammolari va istiqbollari muhokama qilindi
    70

Bugun, 26-sentyabr kuni Andijon davlat universitetida yoshlar o‘rtasida mavjud muammolarni o‘rganish, ularning qiziqish va intilishlarini aniqlash, shuningdek, bandligiga ko‘maklashish maqsadida Andijon viloyati prokurori hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida “Prokuror va yoshlar” uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi, so‘ngra Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev kirish so‘zi bilan uchrashuvni rasman ochib, uning mazmun-mohiyati va yoshlar hayotidagi ahamiyati haqida to‘xtaldi, shuningdek, ta’lim muassasasida yoshlar bilan ishlash, ularning huquqiy madaniyatini oshirish, ijtimoiy faolligini kuchaytirish hamda bandligini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng, Andijon viloyati prokurori Murodullo Abduhakimov so‘zga chiqib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ayniqsa, yoshlar uchun yaratilayotgan qulay sharoit va keng imkoniyatlar, ularning jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar xususida batafsil ma’lumot berdi.

Ochiq muloqot davomida talabalar o‘z fikr-mulohaza va takliflarini bildirdilar, yoshlarning muammolari, ta’lim va bandlikka oid savollariga javob berildi, takliflar o‘rganildi hamda tadbir samimiy ruhda o‘tib, kelgusida ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarni hal etishda hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Uchrashuv doirasida keng ko‘lamli ko‘rgazma tashkil etilib, unda bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatildi, bandlik masalalari bo‘yicha ish beruvchilar tomonidan maslahat va takliflar berildi, universitet olimlari tomonidan yaratilgan ixtirolar keng jamoatchilikka namoyish etildi, shuningdek, “Prokuror sovrini” uchun o‘tkazilgan musobaqalarda g‘olib chiqqan ishtirokchilar munosib taqdirlandi.


Manzilimiz
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.