Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon davlat universiteti
uz
“Mohir qo‘llar” to‘garagida amaliy mashg‘ulotlar
    27

Andijon davlat universitetining 5-sonli talabalar turar joyida joylashgan to‘garak xonasida “Mohir qo‘llar” to‘garagi faoliyat olib bormoqda. Mazkur to‘garak Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Beshta muhim tashabbus” doirasida tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi talaba-qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularda milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash hamda turli amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.

To‘garak mashg‘ulotlari davomida talaba-qizlarga tikish-bichishning zamonaviy va an’anaviy usullari, milliy uslubda yoqa tayyorlash, tikuv mashinasidan to‘g‘ri foydalanish, turli kiyimlarga bezak tikish, shuningdek, tugma qadash kabi kundalik maishiy faoliyatga oid zarur bilim va amaliy ko‘nikmalar muntazam o‘rgatilmoqda.

To‘garak rahbari Dilfuzaxon Xodjayevaning tashabbusi bilan tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarda talaba-qizlar nafaqat tikish-bichish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni, balki uy-ro‘zg‘or ishlarida zarur bo‘lgan boshqa foydali mahoratlarni ham egallab borishmoqda. Ushbu jarayon orqali ularning birdamlik, ijodkorlik va mehnatsevarlik kabi ijobiy fazilatlari yanada mustahkamlanmoqda.


Manzilimiz
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.