Bugun, 25-sentyabr kuni Andijon davlat universitetida Andijon viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamkorligida Huquq va iqtisod fakulteti talabalari o‘rtasida “Tabiat mening nigohimda” mavzusida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda fakultetning iqtidorli 8 nafar talabalari ishtirok etib, ular o‘zlarining tabiatga bo‘lgan munosabati, ekologik muammolarga shaxsiy nigohi, va “yashil” kelajak haqidagi qarashlarini insho orqali ifoda etdilar.
Baholash jarayonida insholarning mazmuni, uslubi, mantiqiy bayoni hamda yozuv madaniyatiga alohida e’tibor qaratildi va quyidagi talabalar g‘olib deb topildi:
1-o‘rin – Kamoldinova Zulayho;
2-o‘rin – Qambarov Xasanboy;
3-o‘rin – Rasulova Mohira.
Tanlov g‘oliblari va barcha ishtirokchilar universitet hamda Andijon viloyati Ekologiya boshqarmasi rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari va sertifikatlar bilan taqdirlandi.