Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon davlat universiteti
uz
Andijon davlat universitetida “Rektor kubogi 2025” liga o‘yinlari bo‘lib o‘tadi!
    33

Andijon davlat universitetida jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida “Rektor kubogi 2025” doirasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha liga musobaqalari o‘tkazilishini ma’lum qilamiz!

Liga bahslarida ishtirok etmoqchi bo‘lgan jamoalarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
har bir fakultetdan kurslar kesimida talabalar jamoasi va ustozlar, ishchi-xodimlar, tyutorlar jamoasi ishtirok etadi; 
har bir jamoa tashkilotchilarga 10 talik jamoa o‘yinchilari ro‘yxatini taqdim etishi so‘raladi (ro‘yxatga kirgan o‘yinchilar boshqa jamoada o‘ynamasligi talab etiladi);
jamoalar maxsus forma, logotip, hamda fan klubga ega bo‘lishlari kerak;
musobaqaga jamoalar 15 daqiqa avval kelishlari so‘raladi.

Eslatma: Uchrashuvga 10 daqiqadan ortiq kech qolgan jamoalarga mag‘lubiyat yoziladi.

Ligada ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabgorlar @Adu_yoshlar1 Telegram manziliga murojaat etishlari so‘raladi.

Jamoalar ishtirok etish uchun zayavkalarni joriy yilning 27-sentyabr sanasiga qadar Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotiga taqdim qilishlari so‘raladi.

Liga musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom bilan batafsil tanishish uchun: havola

G‘olib va sovrindorlar ko‘chma kubok hamda maxsus sovg‘alar bilan tantanali tarzda taqdirlanadi!

Jamoangizni yig‘ing, musobaqaga tayyorlaning va “Rektor Kubogi 2025”da o‘z fakultetingiz sharafini himoya qiling!

 


Manzilimiz
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.