Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon davlat universiteti
uz
O‘zbekiston ta’limidagi yangi ufqlar: pedagoglarni rag’batlantirish tashabbuslari
    73

Yurtimizda ta’lim sohasining barcha jabhalarida yangiliklar, o’zgarishlar sezilarli darajada amalga oshirilayotgani, natijada esa o’quvchi-talabalarimizning xalqaro darajada yutuqlarga erishayotgani hech kimga sir emas. Bu borada ustoz degan sharafli kasb egalarining qo’shayotgan hissalari beqiyos. Shu sababdan ham pedagog-o’qituvchilarning jamiyat hayotidagi roli va o’rnini oshirish, hayot tarzini yaxshilash borasida davlatimiz rahbari va tegishli vazirlik, tashkilotlar tomonidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Kuni kecha prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda pedagoglarni yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni e’lon qildi. Ushbu tashabbuslar ta’lim sohasida ishlovchi mutaxassislarning ijtimoiy va moddiy holatini yaxshilash, ularni rag‘batlantirish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Shiddat bilan rivojlanayotgan hozirgi bir davrda yashash sharoitini yaxshilashga, eng so’nggi qurilish materiallaridan foydalangan holda shinam va barcha qulayliklarga ega bo’lgan uylarda yashashga bo’lgan talab tobora ortib bormoqda. Ammo bu borada moliyaviy tomonni ham hisobga olish kerak. Shu masalalarni hisobga olgan holda 15 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan oliy toifali o‘qituvchilar uchun ipoteka kreditining boshlang‘ich to‘lovi 25% i davlat tomonidan qoplab berilish imtiyozi berildi. 

Davlat oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirgan pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘lovlarida 30% chegirma berilishi haqidagi yangilik esa barchamizni birdek quvontirdi. Farzandlarimizga berilayotgan bu imtiyoz aslida biz va bizning og’irimizni yengil qiladi. O’qishga kirgan farzandlarimizning ko’zlariga qarab bir karra xursand bo’lsak, Berlin imtiyozdan ikki karra mamnun bo’ldik.

Har bir darsda kompyuter, proyektordan foydalanishga, darslarni interaktiv tarzda amalga oshirishga harakat qilamiz. Bu esa dars jarayoni va uning sifatiga ta’sir qiladi. Har bir o’qituvchida ko’tarib yurishi mumkin bo’lgan yengil noutbuklar topilmasligi, uni olishga qiynalib yurgan bo’lishi mumkin. Aynan mana shu muammodan kelib chiqqan holda pedagoglar uchun 10 million so‘mga qadar imtiyozli kredit ajratilishi rejalashtirilgani ham aytib o’tildi. Bu esa o‘qituvchilarning zamonaviy vositalardan foydalanishini rag‘batlantirishga ko’maklashadi.

Raqamli reytingda eng yaxshi 100 ta maktab va bog‘cha, 20 ta texnikum va TOP-10 oliy o‘quv yurtlari pedagoglariga har yili O‘zbekiston bo‘ylab sayohat uchun samolyot va poyezd chipta xaridlarida 15-20% chegirma berilishi belgilandi.

Shuningdek, uchrashuvda prezidentimiz davlat xizmatlarining narxlari aynan o’qituvchilar uchun 2 barobarga arzonlashi, ustama masalalaridagi yengillik va qo’shimcha haqlarning to’lanishi, imtiyozli diplom egalarining esa toifa masalasida ustunlik jihatiga ega bo’lishi kabi masalalarni ham nazardan chetda qoldirmadilar. 

Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning pedagoglarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslari biz, o‘qituvchilar uchun juda muhim va kutilgan yangiliklardir. Ushbu tashabbuslar orqali bizning mehnatimiz e’tirof etilishi, ijtimoiy va moddiy holatimizni yaxshilashga qaratilgan samarali ishlarning amalga oshirilishi bizni ruhlantiradi. 

Yangi imkoniyatlar va imtiyozlar ta’lim sohasida ishlovchi har bir mutaxassis uchun ayniqsa men kabi yosh va yangi o’qituvchilarning professional rivojlanishi, bilim va tajriba olishida yangi ufqlarni, imkoniyat eshiklarini ochadi. Biz, o‘qituvchilar, Prezidentimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor va qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdorchilik bildiramiz. Bu tashabbuslar, albatta, kelajak avlodlarimiz uchun sifatli ta’lim berish yo‘lida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi va bizni yanada ko‘proq mehnat qilishga undaydi. Ta’lim tizimimizni rivojlantirishda birgalikda harakat qilishga tayyormiz!


Manzilimiz
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.