Andijon davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/05.05.2023.Fil.60.07 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarning yig‘ilishi 2025-yil 17-sentabr kuni soat 15:00 da bo‘lib o‘tadi.
Seminarda quyidagi dissertatsiyalar muhokamasi rejalashtirilgan:
Abdirayimov Anvarjon Oribjon o‘g‘lining 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek tilidagi sonlarning lingvokulturologik tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi.
Xaitov Xusniddin Xasanovichning 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha “Alpomish” dostonining dialektal xususiyatlari (Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li varianti asosida) mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi.
Ilmiy seminarda seminar a’zolari va tegishli soha mutaxassislari bevosita yoki masofaviy shaklda ishtirok etishlari mumkin. Masofaviy ishtirokchilar uchun ZOOM platformasi orqali havola yuboriladi.
Manzil: Andijon davlat universiteti, ARM 301-xona.