Barcha magistratura bosqichida tahsil olayotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari davlat budjeti hisobidan qaytarilmaslik sharti bilan qoplab beriladi.
Talabgorlardan arizalar 15-sentyabrgacha qabul qilinadi. Ular o‘zlari ta’lim olayotgan OTM rektori yoki filial direktori nomiga ariza bilan murojaat qilishlari shart. Belgilangan muddatdan keyin topshirilgan arizalar qabul qilinmaydi.
Arizalar 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi va ro‘yxat shakllantiriladi. Umumlashtirilgan ro‘yxat esa 5 ish kunida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yoki tegishli vazirlik va idoralarga yuboriladi. Talabgorlarga kontrakt to‘lovi qoplab berilgani haqidagi buyruq joriy yilning 15-oktyabriga qadar qabul qilinadi.
Ushbu imtiyoz quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
arizani belgilangan muddatda taqdim etmaganlar;
tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinganlar;
nodavlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasida tahsil olayotganlar.