Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon davlat universiteti
uz
Andijon davlat universiteti va Turkiyaning Ege universiteti o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
    148

Ayni kunlarda Andijon davlat universiteti Ekologiya va barqaror rivojlanish kafedrasi professori Tolibjon Madumarov boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar guruhi ikki tomonlama xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida xizmat safari bilan Turkiyaning Ege universitetida bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari qo‘shma ta’lim dasturi asosida tahsil olayotgan va hozirda Ege universitetida o‘qishni davom ettirayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashib, ular bilan ochiq muloqot o‘tkazdi hamda universitet va yotoqxonalarda yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganib chiqdi.


Shuningdek, oliygohimiz vakillari Ege universiteti rektori Prof. Dr. Necdet Budak bilan uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda kelgusidagi istiqbolli rejalarni belgilab olish bo‘yicha muzokaralar olib bordilar.


Manzilimiz
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.