Bugun, 9-sentabr kuni Andijon davlat universitetida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakillari hamda talabalar ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” va “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, tadbir ishtirokchilariga mavzuga oid maxsus tayyorlangan ijtimoiy videorolik namoyish etilib, unda jaholatning salbiy oqibatlari hamda ma’rifatning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati keng yoritildi.
Shundan so’ng, ma’ruzachilar tomonidan jaholatning salbiy oqibatlari, yoshlar ongida ma’rifatparvarlik g‘oyalarini shakllantirish, diniy bag‘rikenglik va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiya, shuningdek, yoshlarning ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanishi mavzularida ma’ruzalar tinglandi.
Tadbir davomida talabalarning mavzuga oid fikr-mulohazalari tinglanib, mas’ullar tomonidan jaholatning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, ma’rifatning inson kamolotidagi beqiyos o‘rni, yoshlarning ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanishi, shuningdek, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan yondashish zarurati yuzasidan atroflicha tushunchalar berildi.