Andijon davlat universitetida 2025/2026 o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan birinchi bosqich talabalari uchun tanishtiruv haftaligi doirasida “Kredit ta’lim tizimiga kirish” mavzusida dars mashg‘ulotlari, uchrashuvlar va davra suhbatlari tashkil etilmoqda.
Bugun, 5-sentyabr kuni Andijon davlat universiteti rahbariyati va mas’ullari birinchi bosqich talabalari bilan “Mustaqillik darslari” doirasida Vatan ravnaqi yo‘lida bilim va ma’rifat bilan kamol topish, mustaqillikning ulug‘ ne’mat ekani hamda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat kabi mavzularda uchrashuvlar o’tkazdi.
Uchrashuv davomida ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan O‘zbekiston Mustaqilligiga erishish tarixi, jadidlar harakatining ma’rifiy merosi, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda yoshlarning bilim va izlanishga bo‘lgan intilishi, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish hamda kredit-modul tizimining mazmuni va afzalliklari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.