Bugun, 4-sentyabr kuni Andijon davlat universitetida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan tanishtiruv haftaligi doirasida birinchi bosqich talabalari uchun siyosiy-ma’naviy bilim va dunyoqarashni mustahkamlashga qaratilgan “Mustaqillik darslari” tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borilmoqda.
Mashg'ulotlar davomida universitetimiz professor-o‘qituvchilari so‘nggi yillarda mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, 34 yillik mustaqillik tariximiz davomida erishilgan yutuqlar hamda Prezidentimiz rahbarligida xalqimiz farovonligini ta’minlash maqsadida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar berishdi.
Shuningdek, fakultet tyutorlari tomonidan birinchi bosqich talabalari universitet hayoti bilan tanishtirilib, ular uchun yaratilgan zamonaviy o‘quv binolari, laboratoriyalar, Axborot-resurs markazi, kutubxona fondi hamda ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qiluvchi barcha shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.