Bugun, 3-sentyabr kuni Andijon davlat universitetida birinchi bosqich talabalarining siyosiy bilimlarini mustahkamlash, ularning vatanparvarlik ruhini, milliy g‘urur va ma’naviyatini yanada oshirish maqsadida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” mavzusida mustaqillik dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Ushbu ma’ruzalarda universitetimiz professor-o‘qituvchilari so‘nggi yillarda mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, 34 yillik mustaqillik tariximiz davomida erishilgan yutuqlar hamda Prezidentimiz rahbarligida xalqimiz farovonligini ta’minlash maqsadida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar berishdi.
Ta’lim muassasamizning tajribali ustozlari tomonidan olib borilgan ma’ruza mashg‘ulotlari talaba-yoshlarning bilim va tafakkurini mustahkamlash bilan birga, ularning yangi o‘quv yilida ilmiy faoliyatda samarali va maqsadli ishlashlariga xizmat qilmoqda.