Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon davlat universiteti
uz
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA 2025/2026 O'QUV YILI BAKALAVRIAT HAMDA MAGISTRATURA TA'LIM YO'NALISHLARI BO'YICHA TALABALAR UCHUN TO'LIQ VA TO'LIQ BO'LMAGAN TA'LIM GRANTLARI TAQSIMOTI UMUMIY NATIJALARI E'LON QILINDI
    148

Hurmatli ta‘lim grantiga talabgor talabalar diqqatiga!

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” talablariga ko‘ra talabalarining akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari hamda ijtimoiy faolligi baholash asosida amalga oshirildi.

Andijon davlat universitetida 2025/2026 o‘quv yilida ta’lim grantiga tavsiya etilgan talabalar ro’yxati bilan batafsil tanishishingiz mumkin:

Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari;
Magistratura mutaxassisliklari.

Shuningdek, agar sizda taqdim etilgan natijalar yuzasidan e’tirozingiz bo‘lsa yoki oʻzingizni nohaq baholangan deb hisoblasangiz natijalar universitet rasmiy veb-saytida eʻlon qilingandan soʻng 48 soat davomida belgilangan tartibda apellyatsiya arizasini topshirishingiz mumkin.

Talabgor talaba apellatsiya shikoyati berishi uchun taʻlim grantiga ariza bergan va arizasiga rad javobi berilmagan bo‘lishi lozim.

Murojaat uchun: 

Talabalarga grantlarni taqdim etish boʻyicha Maxsus komissiya kotibi O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig'i — Odilov Furqat Umarbekovich 
Tel: +998990661117

Akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash bo‘yicha komissiya kotibi O‘quv-uslubiy boshqarma bosh mutaxassisi — Raximov Akmal Karimjonovich 
Tel: +998912627510

Ijtimoiy faollikni aniqlash bo‘yicha komissiya kotibi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ADU boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi — Ergashev Omonillo Lutfullo o‘g‘li 
Tel: +998770472345


Manzilimiz
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.