
Kafedra mudiri
TOJIYEV ALIMJON MO‘YDINOVICH
Filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Telefon: +998916102131
Filologiya fakulteti “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi faoliyatida ilmiy ishlar muhim yo‘nalish hisoblanadi. Hozirda “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasida 24 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritib kelmoqda. Shundan:
Professorlar: 3 nafar A.Sh.Sobirov, D.Nabiyeva, Sh.Shahobiddinova
Dotsentlar: (DSc) M.Saidxonov, f.f.n.,dots.O.Tojiyev, f.f.n.,dots.U.Rahimov, f.f.n.,dots.H.Zakirova, f.f.n.,dots.G.Kabuljonova, f.f.n.,dots.D.Ne’matova, (PhD), dots.Sh.Alponova, (PhD), dots.O.Tursunova, (PhD) v.b.dots. F.Usmonov
Fan nomzodi, katta o‘qituvchilar: f.f.n.k.o‘.Z.Qodirov, f.f.n.k.o‘.A.Ergashev, (PhD) k.o‘. X.Ismoilov, (PhD) k.o‘ S.Nurmonova.
Katta o‘qituvchilar: D.Mamadaliyeva, A.G‘oziyev, A.Umarov, Sh.Qahhorov
O‘qituvchilar: K.Umarov, B.Ahmedov, N.Usmonova, M.Mahammadxonova
Kafedrada faoliyat yuritayotgan to‘garaklar,
ilmiy-metodik seminarlar haqida ma’lumot
Farg‘ona vodiysi OTMlari qoshidagi “O‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari hamda ta’lim tizimida til kompetentligini shakllantirish va rivojlantirish masalalari” bo‘yicha Regional ilmiy seminar faoliyati o‘tkazilib kelinmoqda.
Kafedra qoshida “Lingvistik ekspertiza xizmat markazi” tashkil etilgan bo‘lib, kafedra katta o‘qituvchisi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) X.Ismoilov rahbarlik qilib kelmoqda.
Bundan tashqari talabalar uchun kafedra dotsenti O.A.Tursunova tomonidan “Yosh lingvist” to‘garagi faoliyat olib borilmoqda.
Ilovalar
Professor D.A.Nabiyeva 2021-yilda Qo‘qon davlat pedagogika instituti huzuridagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/04.06.2021.Fil.132.01 raqamli ilmiy kengash raisi etib tayinlandi.
AndDU xuzuridagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02 raqamli ilmiy kengashga professor Sh.Shahobiddinova rais etib tayinlandi.
F.f.b.f.d (PhD) F. Usmonov O‘zbekiston Respublikasining filologiya, pedagogika va psixologiya yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-texnik kengash kotibi etib tayinlandi.
Kafedrada 1. Nutq madaniyati va o‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi. Bunda 200 ga yaqin Respublika miqyosida ishtirokchi ishtirok etadi.
2. Tilshunoslikdagi zamonaviy yo‘nalishlar: muammo va yechimlar. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkaziladi. Konferensiya xalqaro miqyosida bo‘lib, 30 ga yaqin xorij ishtirokchilari hamda 100 ga yaqin maxalliy ishtirokchilar qatnashadi.