Reja va moliya bo`limi nizom:
Oliy ta’limda rejalashtirishning asosiy vazifasi bo‘lgan xalq xo‘jaligiga zarur bo‘lgan mutaxassislarni davlat tomonidan tayyorlashda barcha mehnat, moliyaviy va mulkiy resurslarni jamlash shuningdek, ularni foydali ishlatishdan iborat.
Andijon davlat universiteti reja va moliya bo‘limi (keyinchalik “Bo‘lim”) davlat budjeti xisobida bo‘lgan xolda rejalashtirishni hamda kelgusidagi rivojlanishini va universitetning barcha bo‘limlarini rivojlanishi, universitet mablag‘i va moddiy boyliklarini moliyalashtirish va taqsimlanishini ta’minlaydi.
“Bo‘lim” o‘z faoliyati davomida oliygoxning mehnat va moliyaviy qonunlarining davlat tartiblarini nazorat qilishni ta’minlaydi.
“Bo‘lim” universitetning kafedralar va bo‘limlarini moliyaviy nazoratini va xo‘jalik faoliyatini rejalashtirish ishlarini olib boradi.
“Bo‘lim” moliya va iqtisod ishlari prorektoriga bo‘ysunadi va rektor tomonidan tasdiqlangan “Nizom” asosida ish olib boradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘i asosida ishni tashkil qilish, yillik va kelgusi rejalashtirish ishlarini olib boradi.
Reja va moliya bo`limi vazifalari va funksiyalari:
Mutaxassislarning tayyorlovida davriy qo‘llanmalarini, universitet ish faoliyatini rejalashtirish va moliyalashtirish, rejalashtirish davomida kerakli ta’riflarni ishlab chiqish.
universitetning shtat birligi va moliyaviy imkoniyatlaridan to‘g‘ri va foydali tomonlarni ko‘zda tutgan xolda foydalanadi, PO‘T (PPS) va o‘quv yordamchi tarkib (UVP) xodimlarining kerakli sonini proyekt xisob – kitoblarining ishlab chiqadi va o‘quv yili uchun vazirlik tasdig‘iga taqdim etadi.
Professor – o‘qituvchi xodimlarni, shuningdek boshqa kategoriyadagi ishchi – xodimlar xizmatini mukofotlashning rejalashtirishning yangi yanada mukammal usullarining ishlab chiqadi.
Universitetning moliyaviy – xo‘jalik faoliyatini, shuningdek boshqa bo‘limlarini taxlil qilib, ular faoliyatini yana xam to‘laroq tadbiq qiluvchi tadbir va takliflarni ishlab chiqadi.
Университет ректори олдида молиявий ҳамда штат интизомини сақлашда ва молиявий хисоботларга жавобгар хисобланади.
Reja moliya bo‘limi foydalanadigan qarorlar