Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon davlat universiteti
uz
Asosiy menu -> Universitet -> Tuzilma -> Fakultetlar -> Sport va madaniyat fakulteti -> Musiqa ta’limi
Musiqa ta’limi kafedrasi
    23

AHMEDOV SHARIFJON MAMIRDJANOVICH 
Musiq
a ta’limi kafedrasi mudiri, dotsent 
Telefon +998978312244
E-pochta:  sharif.music73@mail.ru 

 

Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti qoshida 1998-yil sentyabr oyida “Maxsus fanlar o‘qitish uslubiyoti” kafedrasi sifatida tashkil etilgan. Kafedra mudiri fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent E.Dadaxo‘jaev bo‘lgan.

Shu vaqtdan kafedrada jami 6 nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatgan. Shulardan, 1 ta dotsent, 1 ta katta o‘qituvchi, 4 ta assistent o‘qituvchilari faoliyat ko‘rsata boshlagan. Jumladan, kafedra mudiri, dotsent E.Dadaxo‘jayev, katta o‘qituvchi B.Qo‘chqarov, assistentlar: I.Darmonov, S.Mirzayev, O.Tursunov va A.Hojiboyevlar edi.

Kafedra, asosan, 2 ta yo‘nalish bo‘yicha kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan:

  1. Rasm va chizmachilik o‘qituvchisi

  2. Musiqachi pedagog

1999-yildan universitet İlmiy Kengashi qarori bilan kafedra “Chizmachilik va amaliy san’at” nomi bilan yuritila boshladi. Kafedrada 1 ta dotsent, 1 ta katta o‘qituvchi, 10 ta assistent o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatgan. 2000-yil mart oyidan kafedra mudiri etib katta o‘qituvchi B.Qo‘chqarov tayinlandi. Shu vaqtdan boshlab kafedrada 2 ta katta o‘qituvchi, 17 ta assistent o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatgan.

Shulardan, 6 ta “Chizmachilik va amaliy san’at” mutaxassisligi o‘qituvchilari 13 ta musiqachi pedagog mutaxassisligi o‘qituvchilaridan iborat bo‘lgan.

Kafedra a’zolari “Tasviriy san’at, mehnat va musiqa san’atining o‘rta va oliy maktablarida o‘qitish uslubini takomillashtirish masalalari” ustida ilmiy izlanish olib borishdi.

2002-2003 o‘quv yilidan kafedralar “Kasb ta’limi fakulteti” ixtiyoriga o‘tgan bo‘lib, 2003-yildan universitet Ilmiy Kengashining 2003-yil 8-yanvardagi yig‘ilishi qaroriga asosan, Kasb ta’limi fakultetida kafedra 2 ta yo‘nalishdagi kafedralarga ajratildi.

Bular: 1 ) Chizmachilik va tasviriy san’at

2 ) Musiqa va uni o‘qitish metodikasi

Mazkur kafedra 2004-yil 15-yanvardagi universitet İlmiy Kengashi qaroriga muvofiq alohida, Musiqa va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi nomi bilan Kasb ta’limi fakultetiga biriktirildi va faoliyat ko‘rsatdi. Shu qisqa davr ichida ancha ko‘zga ko‘rinarli ishlar amalga oshirildi. Ilgari musiqa xonalari yetishmas, fortepiano cholg‘u asboblari sanoqli darajada edi. Yakka tartib fanlari uchun 2 tagina xona ajratilgan edi. Vaziyatdan kelib chiqib universitet ma’muriyati va rektor S.Z.Zaynobiddinov tashabbuslari bilan kafedra alohida ajratilib, dars jarayonlari Baynalminal ko‘chasida yangi o‘quv binosida o‘tildi.

O‘tgan qisqa davr ichida kafedraning texnik ba’zasi biroz yaxshilandi. O‘zbek xalq cholg‘u asboblaridan dutor, rubob, doira, afg‘on rubobi, dutor bas, tanbur, g‘ijjak kabi cholg‘u asboblari hamda har bir xona fortepiano cholg‘u asbobi bilan ta’minlandi. Fonoteka xonasi ta’mirlandi va 100 dan ortiq magnit lentalari olib kelindi va alohida ro‘yxatga olindi. Hozirda buning ustida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Tolib hoji Hamidov shug‘illandi.

Kafedraga malakali o‘z fanini yaxshi biladigan mutaxassis-o‘qituvchilar jalb etildi. Asosiy cholg‘u bo‘limi (O.Tursunov), Vokal sinfi bo‘limi (N.Gontaryuk), Nazariy fanlar bo‘limi (M.Nasriddinov), Dirijyorlik bo‘limi (Sh.Ahmedov), An’anaviy qo‘shiqchilik maqom (G‘.Hojiqulov) bo‘limlarida o‘z kasbini, mutaxassisligini biladigan, tajribali o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatdi.

Kafedra salohiyatini yaxshilash maqsadida kafedraga pedagogika fanlari nomzodi, professor X.Nurmatov jalb etildi. O‘zbekiston xalq artisti professor G‘.Hojiqulov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist M.Boymatova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi T.Hamidov kabi mutaxassis olimlar faoliyat olib bordi.

2003-2004 o‘quv yilidan boshlab kafedraga Hakimov Nosirjon kafedra mudiri etib saylandi. Kafedrada 19 ta assistent va 6 ta konsertmeyster faoliyat ko‘rsata boshladi. 2004-yil Musiqiy ta`lim kafedrasining Abdulla A’zam qalamiga mansub Orzular qanotida spektakli (postanovkachi rejissyor T.Hamidov) Eng yaxshi dramaturgiya nominatsiyasi bo‘yicha diplom bilan taqdirlandi. Shu yili Nihol 2004 teatr san’ati festivalining laureati diplomi bilan taqdirlandi.

2005-yil G‘.Hojiqulov rahbarligida Layli va Majnun musiqali dramasi sahnalashtirildi.

2006-yil iyun oyidan boshlab kafedraga O.Tursunov kafedra mudiri etib tayinlandi. Kafedrada 23 ta assistent, 7 ta konsertmeyster faoliyat ko‘rsata boshladi. 2007-yil 26-may Toshkentda bo‘lib o‘tgan Barhayot an’analar tanlovida kafedraning ijodiy jamoasi tanlov laureati diplomi bilan taqdirlandi.

2007-yil 1-noyabrdan boshlab kafedraga M.Nasriddinov kafedra mudiri etib saylandi. Kafedra tarkibida ta professor, 6 ta katta o‘qituvchi, 20 ta assistent va 11 ta konsertmeyster faoliyat ko‘rsatdi.

2007-yil 30-dekabr universitet rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan Yoshlar festivali tadbirida kafedra o‘qitubchilari o‘z ijod namunalari bilan faol ishtirok etdilar. Quvonarlisi, shu yili H.Razzoqov qalamiga mansub rejissyor T.Hamidov rahbarligida Nodira spektakli sahna yuzini ko‘rdi.

Kafedra faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritildi. Jumladan, musiqiy ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Gulmira Abdulaxadova Navozanda qo‘shiqlar mushoirasida qatnashib, o‘zining iste’dodini ko‘rsata oldi va faxrli o‘rinlardan birini egalladi. Bundan tashqari, Gulmira Abdulaxadova Nihol Respublika ko‘rik tanlovining Nihol mukofoti sovrindori bo‘lib qaytdi.

3-kurs talabasi Nilufar Qodirova ham o‘zining raqs qobiliyati bilan Buxoro viloyatida o‘tkazilgan Raqs gulshani tanlovida qatnashib, birinchi o‘rin sovrindori bo‘lib qaytdi. Qashqadaryo viloyatida Respublika bo‘yicha o‘tkazilgan Folklor ko‘rik tanlovida talabalarimiz faxrli uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

2010-yil 2-bosqich talabasi R.Nurmatova Nihol mukofoti sovrindori bo‘ldi.

2011-yil 1-bosqich talabasi R.Qo‘ziyeva Nihol mukofoti sovrindori bo‘ldi. Shu yili 4-bosqich talabasi Madumarova Yorqinoy Fond forumning “Mehr nuri” jamg‘armasi tomonidan ta’sis etilgan “Iqtidorli talabalar stipendiyasiga ega bo‘ldi.

2011-yil 26-avgust Vazirlar Mahkamasining Qaroriga asosan San’at fakulteti tugatilib, Pedagogika fakultetiga qo‘shildi. Fakultetga p.f.n Ch.T.Shokirova rahbarlik qildi.

2018-yil oktyabr oyidan boshlab kafedraga Sh.Ahmedov kafedra mudiri etib tayinlandi.

2019-yil 26-avgust Vazirlar Mahkamasining Qaroriga asosan, Pedagogika fakulteti tugatilib, San’atshunoslik fakultetiga aylantirildi.

2022-yili Vokal san’ati yo‘nalishi 3-kurs talabasi Mashrabova Muxlisa “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Shu yili Vokal sanati yonalishi 3-kurs talabalari Samandarov Nuriddin va Mashrabova Muxlisa “Nihol” mukofoti bilan taqdirlandilar.

2023-yili 26-avgust Vazirlar Mahkamasining Qaroriga asosan, San’atshunoslik fakulteti tugatilib, Pedagogika fakulteti tarkibiga qo‘shildi.

2024-yili 26-avgust Vazirlar Mahkamasining Qaroriga asosan, Pedagogika va San’atshunoslik fakulteti tugatilib, Sport va san’at fakulteti ochildi va kafedraga ‘Musiqa va san‘at” nomi berildi .

Hozirda kafedrada 1 ta O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist, 7 nafar dotsent, 6 nafar katta o‘qituvchi, 16 nafar o‘qituvchi va 9 nafar konsertmeyster faoliyat ko‘rsatmoqda.  

Manzilimiz
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.