MADAMINOV XAYRULLO AXMADJANOVICH
Kafedra mudiri, dotsent.
Telefon: +998916100705
E-Pochta: hayrullo070519@gmail.com
1958-yil Andijon davlat pedagogika institutining biologiya fakulteti qoshida Jismoniy tarbiya bo‘limi ochilgan bo‘lib, o‘sha yili sport o‘yinlari kafedrasi tashkil etilgan va unga G.Ivanov kafedra mudiri lavozimiga tayinlangan. Kafedra o‘qituvchilari o‘tgan yillar davomida kafedraning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirishda munosib hissa qo‘shib keldilar. 1998-yil Andijon davlat universiteti fakultetlarda faoliyat yuritib kelayotgan kafedralarning birlashtirilishi munosabati bilan sport o‘yinlari va jismoniy tarbiya kafedralari birlashtirilib, sport fanlari va uni o‘qitish metodikasi kafedrasiga aylantirildi. Kafedrada 1998-2008-yillari katta o‘qituvchi S.Niyozov mudirlik lavozimida ishladi. 2008-2012-yillari kafedra katta o‘qituvchisi N.Yuldashev mudirlik lavozimida ishlab keldi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari viloyat Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi, 1 va 2-sonli sport maktablari, sportning yakka kurash turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi, sport turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi, gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi, akademik litseylar va umumta’lim muassasalariga jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport turlari bo’yicha murabbiylar yetishtirib berishda munosib hissa qo‘shib kelmoqda. 2012-2013-yillari pedagogika fanlari nomzodi B.Nosirov, 2013-2014-yillari S.A.Yuldashev, 2014-2020-yillari R.Sh.Isakov, 2020-2024-yillari S.A.Yuldashev, 2024-yildan esa kafedra dotsenti X.A.Madaminov kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi universitet fakultetlari talabalariga jismoniy madaniyat va sport darslarini, sport va san’at fakulteti talabalariga sport turlari bo‘yicha ma’ruza, amaliy hamda seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazib kelmoqda. Kafedra professor-o’qituvchilari universitet miqyosida o‘tkaziladigan barcha sport musobaqalari va tadbirlarida o‘zlarining jonkuyarligi va tashabbuskorligi bilan faol ishtirok etib kelmoqdalar.