Umumiy fizika kafedrasi tasarrufida umumiy fizikaga oid 5 ta o‘quv laboratoriyasi: mexanika, molekulyar fizika, elektr, optika, atom va yadro fizikasi, fizika o‘qitish uslubiyati kabi o‘quv laboratoriyalari mavjud.
Kafedra ikki yo‘nalishda ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi, “Oliy, o‘rta va umumta’lim maktablarida fizika fanini o‘qitishni takomillashtirish”, ilmiy muammolari esa “Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi” (fizika va biofizika) yo‘nalishlaridan iboratdir.
Hozirgi paytda kafedrada: 2 ta o‘quv va ilmiy laboratoriyalar, fizika to‘garaklari va hozirgi zamon fizikasining dolzarb muammolari ilmiy seminarlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.