Andijon davlat universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti qoshida 1998-yil sentyabr oyida “Maxsus fanlar o‘qitish uslubiyoti” kafedrasi tashkil etilgan. Kafedra mudiri dotsent E. Dadaxo‘jayev bo‘lgan. Shu vaqtdan boshlab kafedrada jami 6 nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatgan, 1 ta dotsent, 1 ta katta o‘qituvchi, 4 ta assistent o‘qituvchilari faoliyat ko‘rsata boshlaganlar.
Kafedra asosan 2 ta yo‘nalish bo‘yicha kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan (Rasm va chizmachilik o‘qituvchisi, Musiqachi-pedagog). 1999-yildan universitet Ilmiy Kengashi qarori bilan kafedra “Chizmachilik va amaliy san’at” nomi bilan yuritila boshladi. Kafedrada 1 nafar dotsent, 1 nafar katta o‘qituvchi, 10 nafar assistent o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatgan. 2000-yil mart oyidan kafedra mudiri etib katta o‘qituvchi B.Qo‘chqarov tayinlandi. Shu vaqtdan boshlab kafedrada 2 ta katta o‘qituvchi 17 ta assistent o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatgan. Ulardan 6 nafari “Chizmachilik va amaliy san’at” mutaxassisligi o‘qituvchilari bo‘lgan. Kafedra a’zolari “Tasviriy san’at, mehnat va musiqa san’atining o‘rta va oliy maktablarida o‘qitish uslubini takomillashtirish masalalari” ustida ilmiy izlanishlar olib borishdi. 2002-2003-o‘quv yilidan kafedralar “Kasb ta’limi fakulteti” ixtiyoriga o‘tkazilgach, 2003-yildan universitet Ilmiy Kengashining qaroriga asosan kafedra ikkiga ajratildi: “Chizmachilik va tasviriy san’at”, “Musiqa va uni o‘qitish metodikasi”.
“Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasiga 5150800 – Rangtasvir (turlari bo‘yicha), 5151200 – Amaliy san’at (turlari bo‘yicha) yo‘nalishlariga talabalar qabul qilindi. 2021-2022 o‘quv yilidan 6210500 – Rangtasvir (Dastgohli), 6210800 – Amaliy san’at (badiiy kulolchilik) yo‘nalishlariga talabalar qabul qilindi.
Hozirgi kunda “Tasviriy va amaliy san’at” kafedrasida 15 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda, shulardan, 1 nafari fan nomzodi, 2 ta dоtsеnt, 4 ta katta o‘qituvchi va 9 ta o‘qituvchi. Bulardan 9 nafari O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zolari bo‘lib, o‘z ilmiy salоhiyatini rivоjlantirish yo‘lida izlanishlar оlib bоrmоqdalar.