Agar Sizga Andijon davlat universiteti tizimi (akademik litsey va texnikumlari)da qonunchilik buzilishiga doir holatlar yoki universitet xodimlarining noqonuniy harakatlari ma’lum bo‘lsa, universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining +998742248191 ishonch telefoni yoki telegramdagi rasmiy @adu_anticorruptionbot orqali xabardor qilishingizni soʻraymiz.
Murojaatlarni telegram bot orqali qabul qilish haftaning barcha kunlarida uzluksiz amalga oshiriladi. Unda fuqarolar universitet xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan korrupsiya va boshqa noqonuniy xatti-harakatlar, shuningdek sohaga oid sodir etilgan yoki etilayotgan jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar haqida xabar berishlari mumkin. Murojaatlar anonimligi kafolatlanadi, qo‘ng‘iroq egasi tomonidan berilgan ma’lumotlar sir tutilishi kafolatlanadi.