KURBANOV AZIZJON OBITJONOVICH
Kafedra mudiri. Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent
Telefon: (91) 487 11 88
Kondensirlangan muhitlar fizikasi kafedrasi tasarrufida 2 ta o‘quv laboratoriyasi: elektr va magnetizm, radioelektronika kabi o‘quv laboratoriyalari mavjud.
Kafedraning bosh ilmiy muammolari ikki yo‘nalishda bo‘lib, undan uslubiy muammolarga bag‘ishlangani «Oliy, o‘rta va umumta’lim maktablarida fizika o‘qitishni takomillashtirish», ilmiy muammolari esa «Modda tuzilishi va fizik xossalarini o‘rganish», “Polikristall kremniyning elektrofizik xossalari”, yo‘nalishlaridan iboratdir.
Hozirgi paytda kafedrada: 3 ta o‘quv va ilmiy laboratoriyalar, radiotexnika to‘garagi, fizika to‘garaklari va hozirgi zamon fizikasining dolzarb muammolari ilmiy seminarlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.