Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:
oliy ta’lim muassasasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;
oliy ta’lim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini oliy ta’lim muassasasi miqyosida amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash;
oliy ta’lim muassasasida korrupsiyaga qarshi kurash “Komplaens nazorat” tizimini joriy etish va amalga oshirish;
oliy ta’lim muassasasida korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash;
oliy ta’lim muassasasida korrupsiya ko‘rinishlari namoyon bo‘lishiga olib keladigan tizimli muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflarni kiritgan holda axborot berish;
oliy ta’lim muassasasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlar ijrosini ta’minlash;
oliy ta’lim muassasasida korrupsiyaga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan jamoatchilik nazoratini muvofiqlashtirib borish, shuningdek zamonaviy usulllar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish;
korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoat nazorati sohasida umum e’tirof etilgan xalqaro standartlar va xorijning ijobiy tajribasini o‘rganish hamda ilg‘or jihatlarini tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
oliy ta’lim muassasasida korrupsiyaning holati tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi choralar ko‘rishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa tadqiqotlarni tashkil etish va takliflar ishlab chiqish;
oliy ta’lim muassasasi huzuridagi akademik litseyning korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi faoliyatini muofiqlashtirish.